Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T. Örozboyev nomidagi Mexanika va inşootlar seysmik mustahkamligi instituti hamda Xitoyning Şixezi universiteti Mexanika va elektrotexnika muhandisligi instituti örtasida ilmiy hamkorlik memorandumi imzolandi.
Taşrif davomida Xitoy delegatsiyasi özbekistonlik hamkasblarining ilmiy faoliyati bilan tanişdi. Xususan, institutdagi ilmiy-tadqiqot yönalişlari, amalga oşirilayotgan loyihalar, laboratoriyalar va mavjud ilmiy-texnik imkoniyatlar taqdim etildi.
Memorandum doirasida hamkorlik uçta asosiy yönalişda rivojlantiriladi.
Birinçisi — yoş ilmiy kadrlar tayyorlaş. Buning uçun mustaqil izlanuvçilar, tayanç doktorantlar va doktorantlar örtasida qisqa muddatli akademik almaşinuv, yozgi maktablar hamda qöşma taʼlim dasturlari taşkil etiladi.
Ikkinçisi — olimlar va tadqiqotçilar tajriba almaşinuvi. Professor-öqituvçilar va ilmiy xodimlar uçun malaka oşiriş, stajirovka hamda akademik almaşinuv imkoniyatlari yaratiladi.
Uçinçisi — qöşma ilmiy tadqiqotlar. Tomonlar özaro manfaatli yönalişlarda birgalikda izlanişlar olib boriş, xalqaro ilmiy loyihalar va grant dasturlarini tayyorlaşni rejalaştirgan.
Mutaxassislarning fikriça, bunday hamkorlikning ahamiyati faqat ilmiy aloqalarni kengaytiriş bilan çeklanmaydi. U ikki mamlakat olimlariga bilim va tajriba almaşiş, yoş tadqiqotçilarning xalqaro ilmiy muhitga kirib borişi hamda yangi loyihalarni birgalikda amalga oşiriş imkonini beradi.