Institut rektori, professor Ş.T. Hasanov hamda Öquv-metodik taʼminot bölimi boşliği S.A. Mamasoliyev 2026-yil 18–21-noyabr kunlari xizmat safari bilan Yaponiyada böldi.

Taşrifning birinçi kuni Tokio qişloq xöjaligi va texnologiyalar universiteti professori Yoşiko Kavabata bilan uçraşuv ötkazildi. Unda JICA kömagida institutda tahsil olayotgan yaponiyalik talabalar sonini oşiriş, quritilgan xurmoni isteʼmolçilar uçun qulay va bozorbop şaklda tayyorlaş, şuningdek, qöşma ilmiy loyihalarni işlab çiqiş masalalari muhokama qilindi.

Uçraşuvlar davomida 2027-yil avgust–dekabr oylarida institutda faoliyat yuritişi rejalaştirilgan tadqiqotçi Suzuki Kentoning ilmiy-amaliy işlari rejasi ham körib çiqildi. U Samarqand viloyatidagi fermer va dehqon xöjaliklarida ösimlik hamda mevali daraxtlar qoldiqlaridan biokömir tayyorlaş böyiça tajribalar ötkaziş, fermerlar uçun amaliy seminarlar taşkil etiş va sörovnomalar ötkazişni rejalaştirgan.

Şuningdek, Tokio qişloq xöjaligi va texnologiyalar universitetining yangi saylangan rahbariyati — strategik hamkorlik böyiça vitse-prezident, professor Akinori Yamanaka hamda universitet prezidenti Nobuxumi Nakamura bilan uçraşuvlar taşkil etildi.

Muzokaralarda 2027-yilda institutga yuborilişi rejalaştirilgan volontyorlar faoliyati, qişloq xöjaligi muhandisligi sohasida taʼlim va ilmiy tadqiqotlar, professor-öqituvçilar, yoş tadqiqotçilar va doktorantlar almaşinuvini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi. Şuningdek, qişloq xöjaligi faoliyatini energiya işlab çiqariş bilan uyğunlaştiruvçi agrovoltaika yönalişida qöşma taşabbuslarni amalga oşiriş yuzasidan fikr almaşildi.

Taşrifning muhim voqealaridan biri Tokio qişloq xöjaligi va texnologiyalar universitetida «Barqaror innovatsion rivojlanişda xalqaro hamkorlik: Gana va Özbekiston misolida» mavzusida ötkazilgan xalqaro simpozium böldi. Unda institut rektori, professor Ş.T. Hasanov maʼruza bilan iştirok etib, ikki mamlakat örtasidagi ilmiy-amaliy hamkorlik istiqbollari, quritilgan xurmo yetiştiriş va qayta işlaş orqali dehqonlar daromadini oşiriş imkoniyatlari hamda kelgusi rejalar haqida taqdimot qildi.

Simpoziumda Özbekistonning Yaponiyadagi elçisi vazifasini bajaruvçi Ravşanbek Dösçanov boşçiligidagi elçixona vakillari, Sidzuoka amaliy qişloq xöjaligi universiteti rektori Rio Funada, şuningdek, qator oliy taʼlim muassasalari professor-öqituvçilari va biznes vakillari qatnaşdi.

Taşrif yakunida qöşma ilmiy loyihalarni işlab çiqiş, professor-öqituvçilar va talabalar akademik mobilligini rivojlantiriş, xalqaro seminar hamda konferensiyalar taşkil etiş böyiça kelişuvlarga erişildi.

Mazkur taşrif Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutining xalqaro aloqalarini mustahkamlaş, ilğor xorijiy tajribalarni taʼlim va ilmiy tadqiqotlarga tatbiq etişga qaratilgan muhim qadam böldi.