Davlatimiz rahbari va rafiqasini Prezident Li Chje Myon va rafiqasi qarshi oldilar.

Oliy martabali mehmon sharafiga Faxriy qorovul saf tortdi. Ikki davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.

Shundan soʻng davlatimiz rahbari “Chong Va De” saroyining Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi.

Birgalikda rasmga tushilgach, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.