Musobaqaning 9 turi yakuniga koʻra, Nilufarxon 6 ochko toʻplab, kuchli raqibalar ishtirok etgan nufuzli chempionatda ayollar oʻrtasidagi xalqaro grossmeyster (WGM) normasi talablarini bajardi.

Shuningdek, oʻzbekistonlik shaxmatchi reytingini sezilarli darajada yaxshilab, unga 95 reyting ochkosini qoʻshib oldi.

Bu natija Nilufarxon Imomquziyevaning xalqaro maydondagi eng yirik muvaffaqiyatlaridan biri boʻlib, oʻzbek shaxmatining navbatdagi muhim yutugʻi sifatida eʼtirof etilmoqda.