Adliya vazirligi Nobud bo‘lgan hayvonlarning jasadini krematsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3855, 11.06.2026 y.)

Mazkur nizom nobud bo‘lgan hayvonlar jasadlarini ko‘zdan kechirish, tashish, vaqtincha saqlash va krematsiya qilish tartibini belgilaydi.

Krematsiya – nobud bo‘lgan hayvonlarning jasadini maxsus texnik uskunalar (krematoriy) yordamida yuqori haroratda yondirish orqali ularning biologik qoldiqlarini to‘liq yo‘q qilish usuli.

Nizomga muvofiq:

  • hayvon nobud bo‘lganligi aniqlanganda hayvon egasi yoki jasadni ko‘rgan shaxs tomonidan mas’ul shaxsga shu kunning o‘zida xabar berilishi;
  • jasad maxsus transport yoki yopiq konteynerlarda krematoriyga olib boriladi;
  • krematsiyagacha maxsus joyda saqlanadi, saqlash muddati qoidaга ko‘ra 24 soatdan oshmaydi;
  • yuqumli kasallik aniqlanganda yoki o‘lim sababi noma’lum bo‘lganda krematsiya amalga oshiriladi;
  • krematsiyadan keyin qolgan kul va qoldiqalar yo‘q qilinadi hamda dalolatnoma rasmiylashtiriladi.

Xavfsizlik talablari:

  • xodimlar shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanadi;
  • foydalanilgan joylar va uskunalar dezinfeksiya qilinadi;
  • jasadlarni ochiq holda tashish va saqlash taqiqlanadi.