Bu haqda tegişli ijtimoiy tarmoda smaşx 60 nomli insayder xabar berdi, deb yozadi lenta.ru.

Manbaga köra, Nokia brendiga egalik qiluvçi Xitoyning HMD kompaniyasi firma qurilmalarini işlab çiqariş imkonini beruvçi şartnomani uzaytirmaydi. Litsenziya muddati tugagandan söng, agar kompaniyalar yangi şartnomalar tuzişsa, bu nomdan alohida qöşma loyihalarda foydalanişlari mumkin böladi. Nokia va HMD hozirça hamkorlikdan voz keçganini tasdiqlamadi.

Faqat amaldagi bitimning tugaş sanasi maʼlum. “Nokia”ning yillik hisobotiga köra, 2025-yilda kompaniya HMDʼga 2029-yil martigaça Nokia tugmali telefonlarini faqat ayrim mamlakatlarda işlab çiqarişga ruxsat bergan. Uşbu muddatdan keyin litsenziyani uzaytiriş hisobotda körsatilmagan.

Hozirda HMD ikkala brend ostida ham tugmali qurilmalarni sotadi. Rasmiy veb-saytda, xususan, Nokia 2360 Flip va HMD nomli modellar taqdim etilgan. Kompaniya smartfonlarni asosan HMD brendi ostida işlab çiqarmoqda.

Nokia ön yildan ortiq vaqt davomida dunyodagi eng yirik mobil telefon işlab çiqaruvçisi bölib keldi. 2007-yilda kompaniya 437 million qurilma yetkazib berdi va hisob-kitoblariga köra jahon bozorining 38 foizini egalladi. Telefonlar savdosi böyiça birinçi örinni u 2012-yilda “Samsung”ga boy bergan edi.

Oktyabr oyi oxirida BGR jurnalistlari afsonaviy Nokia 3310 telefoni haqiqatan ham mustahkamligi bilan ajralib turgani, ammo har qanday taʼsirga ham bardoş bera olmagani haqida xabar berişdi. Portal mualliflarining sözlariga köra, ekstremal tajribalar bu mustahkamlikning çegaralarini körsatdi.