Shu munosabat bilan bugun ertalab Toshkent viloyati hokimligida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Unda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev hamda faollar Ilhom Klichxanovning shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish va hududda amalga oshirilgan islohotlardagi xizmatlarini e'tirof etdilar.
Yig'ilish davomida Ilhom Klichxanovning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tilab, uning yangi vazifasida ham samarali mehnat qilishiga ishonch bildirildi.
Ma'lum qilinishicha, bugun Toshkent viloyatida bir qator tashkiliy masalalar ko'rib chiqilishi kutilmoqda.