Laboratoriya sharoitida o‘tkazilgan tajribalarda aminotsianin molekulalari yordamidagi usul insonning agressiv melanoma (teri saratoni) hujayralarini 99 foizgacha yo‘q qilishga erishgan.

Usulning ishlash tamoyiliga ko‘ra, maxsus molekulalar saraton hujayrasi membranasiga birikadi. So‘ngra infraqizil nur ta’sirida molekulalar soniyasiga 40 trillion marta sinxron ravishda tebrana boshlaydi.

Olimlar bu jarayonni shartli ravishda «molekular bolg‘a» deb atayapti. Bunday kuchli mexanik tebranishlar saraton hujayrasining tashqi qobig‘ini shunchaki parchalab tashlaydi.

Aytishlaricha, saraton hujayralari vaqt o‘tishi bilan kimyoterapiyaga moslashadi. Bunday mexanik kuchga qarshi ko‘nikma hosil qila olmaydi.

Texnologiya hozircha laboratoriyada sinovdan o‘tgan. Sinovni insonlarda qo‘llash uchun hali xavfsizlik darajasi tekshiriladi.