Bilimni baholash agentligi ma’lumotiga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tganlarning 189 885 nafari joriy yil bitiruvchilari, 117 567 nafari esa avvalgi yillarda maktab yoki kollejni tamomlagan abituriyentlardir.

Jinsi bo‘yicha taqsimotda ayollar ustunlik qilmoqda. Xususan, 159 657 nafar (51,9%) abituriyent qizlar, 147 795 nafar (48,1%) esa yigitlardan iborat.

Ta’lim tili bo‘yicha eng ko‘p talabgorlar o‘zbek tilini tanlagan — 272 490 nafar (88,6%). Shuningdek, rus tilida 29 032 nafar (9,4%), qoraqalpoq tilida 5 172 nafar (1,7%), boshqa tillarda esa 758 nafar (0,2%) abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.

Hududlar kesimida eng ko‘p abituriyent Toshkent shahridan bo‘lib, ular soni 53 856 nafarni (17,5%) tashkil etgan. Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati33 364 nafar, Farg‘ona viloyati30 048 nafar va Andijon viloyati28 405 nafar qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda. Qabulning birinchi bosqichi 25 iyungacha (shu kuni ham) davom etadi.