Nashr NASA rahbari Jared Ayzekmanning bayonotiga e’tibor qaratdi. Unga ko‘ra Amerika dasturi uchun Italiya kosmik agentligi buyurtmasi bo‘yicha Thales Alenia Space tomonidan ishlab chiqilgan Multi-Purpose Habitat (MPH) – Oy turar-joy modulini ishlab chiqish uchun besh milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratdi. Buning evaziga ushbu mamlakat Oyga bo‘lajak prvozda ikkita italiyalik astronavt uchun joy olishni mo‘ljallagan deb yozadi lenta.ru.
“Ehtimol, bu Oy yuzasiga yetib boradigan birinchi haqiqiy turar-joy moduli bo‘ladi. Natijada siz Oy yuzasida ikkita italiyalik astronavtni ko‘rasiz, – dedi Ayzekman.
Avvalroq NASA rahbari Amerika kosmik agentligi xalqaro hamkorlik uchun hamkorlarni tanlashda yanada tanlovchan bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan edi. Shu bois Oy uchish poygasi AQSH va Xitoy o‘rtasidagi milliy nufuz uchun kurashdan Yerdan tashqaridagi hududlar va resurslar uchun yuqori stavkali musobaqaga aylanmoqda.
Portalning ta’kidlashicha, 15 tonnalik Oy yuzasida yashash uchun yuboriladigan modul eni uch metrga, uzunligi esa olti metrga yetadi. Modul 7 kundan 30 kungacha ikki astronavtni joylashtirishni nazarda tutadi. Hozirda uning 2032 yilda tayyor bo‘lishi kutilmoqda va ishga tushirilishi esa 2033 yilga rejalashtirilgan.