Ashraf Xodjayev O‘zbekistonning qit’adagi 55 davlatni birlashtirgan Afrika Ittifoqidagi birinchi doimiy vakiliga aylandi.

Qisqa marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida tomonlar do‘stona munosabatlar va hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik hamda madaniyat, iqtisodiyot va gumanitar sohalarda qo‘shma tadbirlar o‘tkazish rejalarini muhokama qildi.