Bu haqda Prezidentning 2026-yil 16-noyabrdagi «Sport sohasini raqamlaştiriş va samarali boşqaruv tizimini yölga qöyiş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ–396-son qarorida nazarda tutilgan.
Qarorga muvofiq, jismoniy tarbiya va sport taşkilotlari faoliyatini töliq raqamlaştiriş, «ERP sport» yagona elektron boşqaruv tizimini joriy etiş hamda uni davlat taşkilotlarining boşqa axborot tizimlari bilan integratsiya qiliş ustuvor vazifalar etib belgilandi.
«ERP sport» tizimi doirasida foydalanuvçilarga interaktiv xizmatlar körsatuvçi «MySport» mobil ilovasining imkoniyatlari kengaytiriladi.
Jumladan, foydalanuvçilar davlat va nodavlat sport taşkilotlarining sport inşootlarini soatbay, kunbay, oylik yoki yillik tariflar asosida band qilişi va tölovlarni bevosita tizim orqali amalga oşirişi mumkin böladi.
Şuningdek, davlat sport taşkilotlari binolari va inşootlarini ijaraga berişdan tuşadigan mablağlar nazorat qilib boriladi. Ilova orqali sport taşkilotlari reytinglari, sport turlari, xizmat tariflari, inşootlar joylaşuvi, aksiyalar va boşqa statistik maʼlumotlardan foydalaniş imkoniyati yaratiladi.
Qarorda umumtaʼlim muassasalarida öquvçilarni sportga jalb etişga ham alohida eʼtibor qaratilgan.
Xususan, maktablar qoşida sport klublari va tögaraklari tarmoğini kengaytiriş, jismoniy tarbiya öqituvçilari faoliyatini rivojlantiriş belgilangan.
Şuningdek, sport maktablarini biriktirgan holda umumtaʼlim muassasalarida «Maktabdan Sport akademiyasigaça» ğoyasi asosida yakkakuraş va jamoaviy olimpiya sport turlari böyiça kamida bittadan sport tögaragi taşkil etiladi.
2027-yil 1-yanvardan boşlab «ERP sport» tizimi orqali sport musobaqalari ğoliblari va sovrindorlariga QR-kod qöyilgan elektron diplom hamda sertifikatlar beriş tartibi joriy etiladi.
Bundan taşqari, Sport vazirligi tizimidagi sport turlari böyiça Respublika oliy sport mahorati maktablari negizida Olimpiya terma jamoalari markazi taşkil etiladi.
Yangi çora-tadbirlar sport sohasida boşqaruv samaradorligini oşiriş, xizmatlarni raqamli şaklga ötkaziş va yoşlarni sportga keng jalb etişga qaratilgan.