Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 1-turda Gabonga qarshi maydonga tushib, 3:1 hisobida irodali gʻalabaga erishdi.

Uchrashuvning 6-daqiqasida gabonliklar Averlant orqali hisobni ochdi. Shundan soʻng Eldor Shomurodov 14-daqiqada javob golini kiritib, muvozanatni tikladi. Ikkinchi boʻlimda esa Jahongir Oʻrozov (59-daqiqa) va Alisher Odilov (90+4) aniq zarbalari orqali gʻalaba taʼminlandi.

Turnir doirasidagi yana bir bahsda Venesuela Trinidad va Tobagoni 4:1 hisobida magʻlub etdi.

Keyingi oʻyinlar 30-mart boʻlib oʻtadi:

  • Gabon – Trinidad va Tobago (15:00, “Paxtakor” stadioni),
  • Oʻzbekiston – Venesuela (19:00, “Bunyodkor” stadioni)

Mazkur FIFA Series turniri oʻrtoqlik oʻyinlari oʻrnini bosishga qaratilgan boʻlib, dunyo boʻylab turli mamlakatlarda oʻtkazilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, mazkur musobaqada ishtirok etayotgan ayrim jamoalar, jumladan Oʻzbekiston ham, 2026-yilgi jahon chempionati ishtirokchilari qatoridan joy olgan.