Uchrashuvning 31-daqiqasida Jahon O‘rozov raqib futbolchisini jarima maydoni ichida yiqitdi va hakam Niderlandiya foydasiga penalti belgiladi. 11 metrlik nuqtadan Kodi Gakpo aniq zarba bilan hisobni ochdi.
Biroq ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston hisobni tenglashtirdi. Sergeyev raqib himoyasidagi xatodan foydalanib, gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Niderlandiya yana penaltidan foydalandi. Kodi Gakpo ikkinchi bor 11 metrlik nuqtadan aniq zarba berib, jamoasini oldinga chiqardi.
Shu tariqa, uchrashuv 2:1 hisobida Niderlandiya foydasiga yakunlandi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Niderlandiyaga qarshi ikkinchi nazorat uchrashuvini ham o‘tkazdi.
Niderlandiya 1:2 O‘zbekiston
Gol: Amonov, O‘lmasaliyev
Uchrashuvda maydonga tushgan futbolchilar: Ergashev, Nematov, Eshmurodov, Abdullayev, Karimov, Esanov, Jiyanov, O‘lmasaliyev, Rahmonaliyev, Jaloliddinov, Amonov, Temirov, Sergeyev, Iskanderov, Hamdamov.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv tomonlarning kelishuviga muvofiq yopiq eshiklar ostida o‘tdi hamda har bir bo‘lim 30 daqiqadan davom etdi.