Uşbu talab endi faqat statsionar radarlarga tegişli. Özgarişdan maqsad sifatida yöl harakati qoidalari buzilişlari sonini kamaytiriş körsatilgan.
Vazirlar Mahkamasi 29-oktabrdagi qarori bilan mobil radarlardan foydalanişda "Radar" yöl belgisi bölişi kerakligi töğrisidagi talabni bekor qildi. U 2025-yil 1-sentabrdan "Transport vositalaridan foydalanişda aholiga qöşimça qulayliklar yaratiş töğrisida"gi qaror bilan joriy etilgandi.
Bundan buyon "Radar" belgisi faqat harakat tezligini nazorat qiluvçi statsionar radarlar oldiga örnatilişi kerak.
Yöl harakati qoidalari belgi radardan kamida 250 va köpi bilan 500 metr masofada joylaşişi kerakligi töğrisidagi norma bilan töldirildi.
Özgarişlardan maqsad sifatida qoidabuzarliklarni foto va videofiksatsiya qiliş vositalaridan foydalanişni takomillaştiriş orqali YHQ buzilişlari sonini kamaytiriş körsatilgan.
Eslatib ötamiz, uşbu hujjat bilan xavfsizlik kamarini taqmaslik endi tadbirkorlar tomonidan örnatilgan kameralar orqali ham qayd etilişi belgilangan. Bundan taşqari, YPX inspektorlari çorrahagaça 50 metr va qayrilib olişgaça 20 metr masofada yaxlit çiziqni bosişni endilikda YHQ buzilişi sifatida qayd etmasligi kerak.