Keltirilishicha, elektr energiyasi va tabiiy gazning raqobatli bozorini tartibga solish, litsenziyalash va nazorat qilish funksiyalarini amalga oshiradigan, hukumat tarkibiga kirmaydigan, Oʻzbekiston prezidenti va Oliy Majlisiga hisobdor organ – Oʻzbekiston Energetika bozori regulyatori tashkil etilmoqda.
Belgilanishicha, Regulyator raisi maqomiga koʻra vazirga hamda rais oʻrinbosari vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Regulyatorning oʻz vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻladi.
Regulyator faoliyati litsenziyalash va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Shuningdek, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasi markaziy xarid qiluvchisi funksiyasini magistral elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish funksiyasidan ajratish maqsadida “Uzpowertrade” AJ tashkil etiladi.
Quyidagilar AJning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
— elektr energiyasini eksport va import qilish;
— elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi, shu jumladan xususiy kapital ishtirokidagi korxonalardan elektr energiyasini markaziy xarid qiluvchi funksiyasini bajarish orqali qisqa va uzoq muddatli shartnomalar asosida xarid qilish;
— elektr energiyasini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga, keyinchalik esa birja savdolari asosidagi ulgurji bozorda sotish.
Oʻzbekistonning elektr energiya va tabiiy gaz bozorida regulyator tashkil etiladi
“Elektr energetikasi sohasini isloh qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi. Loyihaga koʻra, elektr energiyasining raqobatli bozoriga oʻtishning 2021-2025-yillarga moʻljallangan Konsepsiyasi ishlab chiqildi.
Saida Mirziyoyeva Jahon savdo tashkiloti bosh direktori bilan uchrashdi
- Qozog‘istonda 25-sentabr umummilliy motam kuni deb e’lon qilindi
- Toshkent avtobuslarida yo‘l haqini to‘lamagan 14 mingdan ortiq yo‘lovchi aniqlandi
- O‘zbekiston mahallalarida 125 mingta intellektual kamera ishlashi uchun yangi serverlar xarid qilinadi
- Yoshlar – davlatni harakatga keltiruvchi asosiy kuch
- Sirdaryoda yangi IESda 1600 MVt quvvat avariyaviy o‘chdi
Oqqo‘rg‘on dalalarida yangi usul — yuqori hosil samarasi
- Xitoydan 121 bosh naslli qoramol olib kelindi
- «Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari: «Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz»
- Suyultirilgan gaz taʼminoti: tizimga xususiy sektor kirib kelmoqda
- Pedagoglar malaka toifasini olish uchun necha ball toʻplashi kerak?
- Qidiruvdagi shaxs ayollarni terrorchilik tashkilotlariga jalb qilgani aytilmoqda