Keltirilishicha, elektr energiyasi va tabiiy gazning raqobatli bozorini tartibga solish, litsenziyalash va nazorat qilish funksiyalarini amalga oshiradigan, hukumat tarkibiga kirmaydigan, Oʻzbekiston prezidenti va Oliy Majlisiga hisobdor organ – Oʻzbekiston Energetika bozori regulyatori tashkil etilmoqda.
Belgilanishicha, Regulyator raisi maqomiga koʻra vazirga hamda rais oʻrinbosari vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Regulyatorning oʻz vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻladi.
Regulyator faoliyati litsenziyalash va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Shuningdek, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasi markaziy xarid qiluvchisi funksiyasini magistral elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish funksiyasidan ajratish maqsadida “Uzpowertrade” AJ tashkil etiladi.
Quyidagilar AJning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
— elektr energiyasini eksport va import qilish;
— elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi, shu jumladan xususiy kapital ishtirokidagi korxonalardan elektr energiyasini markaziy xarid qiluvchi funksiyasini bajarish orqali qisqa va uzoq muddatli shartnomalar asosida xarid qilish;
— elektr energiyasini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga, keyinchalik esa birja savdolari asosidagi ulgurji bozorda sotish.
Oʻzbekistonning elektr energiya va tabiiy gaz bozorida regulyator tashkil etiladi
“Elektr energetikasi sohasini isloh qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi. Loyihaga koʻra, elektr energiyasining raqobatli bozoriga oʻtishning 2021-2025-yillarga moʻljallangan Konsepsiyasi ishlab chiqildi.
Andijonda qariyb 2,5 kg “gashish” moddasi musodara qilindi
- Xitoyda 120 million yil avval yashagan patli dinozavrning yangi turi topildi
- Niger Mudofaa vazirligi aeroportga uyushtirilgan hujum oqibatida 35 kishi halok bo‘lganini tasdiqladi
- Jizzax viloyatidagi ikkita AGTKShda jami 6,4 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
- Raqobat qo‘mitasi 8 ta ixtisoslashtirilgan tibbiyot markaziga narxlarni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ko‘rsatma berdi
- Farg‘onada yosh davlat xizmatchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
Prezidentimiz maishiy va avtomobil kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonada bo‘ldi
- Kimyo sanoatini jadal rivojlantirish vazifalari belgilandi
- Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiyada boʻladi
- Oʻzbekiston terma jamoasi ertaga Kanadaga qarshi oq libosda maydonga tushadi
- Reuters: Ilon Mask tarixdagi ilk trillionerga aylandi
- Oʻzbekiston terma jamoasining Kanadaga qarshi asosiy tarkibi maʼlum bo‘ldi