Faqat respublikaning ayrim tog‘li hududlarida va 24-25 sentabr kunlari Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Havo harorati kechalari 13-18 daraja, kunduz kunlari 27-32 daraja atrofida, janubda 35-37 darajagacha bo‘ladi.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Toshkentda: havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 15-18 daraja, kunduz kunlari 29-32 daraja, 25 sentabrda 27-29 daraja bo‘ladi.

Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.