Yigʻilishda Turkiya Respublikasi Vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi nufuzli delegatsiya qatnashmoqda.

Davlatimiz rahbari Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan erishilgan kelishuv asosida tashkil etilgan ushbu yangi mexanizm ikki mamlakat iqtisodiy hamkorligiga qoʻshimcha surʼat bagʻishlashga qaratilganini taʼkidladi.

Shu kuni Toshkentda oʻtkazilgan Oʻzbekiston – Turkiya biznes forumi 200 dan ziyod ishbilarmonni birlashtirdi. Davlatimiz rahbari buni ikki mamlakat tadbirkorlarining oʻzaro sheriklikni kengaytirishga boʻlgan katta qiziqishi ifodasi sifatida baholadi.