Bugun yurtdoshlarimiz 40 dan ziyod davlatda qonuniy ishlab, soliqlar bilan bir qatorda pensiya badallarini ham to‘layapti.

– Ularning xorijdagi ish staji Vatanga qaytganidan keyin hisobga o‘tishi, ayniqsa, pensiya tayinlashda bu albatta inobatga olinishi zarur, – dedi Prezidentimiz.

Joriy yil Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Turkiya bilan ish staji va pensiya huquqini tan olish bo‘yicha ikki tomonlama bitimlar imzolandi. Shu bilan birga, fuqarolarimiz ko‘p ishlayotgan Rossiya, Germaniya, Yaponiya, Koreya, Boltiqbo‘yi va Bolqon davlatlari bilan ham shunday kelishuvlarga erishish vazifasi turibdi.

Mas’ullarga xorijlik hamkasblari bilan muzokaralar o‘tkazib, yil yakunigacha erishilgan aniq natijalar yuzasidan axborot berish topshirildi.