Ayni kunlarda dalalardan yig‘ib olinayotgan mahsulotlar ichki bozorlarга yetkazib berilishi bilan bir qatorda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyaga eksport qilinmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu yil tumanda jami 20 ming gektardan ortiq maydonda tarvuz ekinlari parvarish qilindi. Shundan 10 ming gektar maydonga “Dolbi” navli tarvuz ekilib, ushbu nav suvsizlik va issiq iqlimga chidamliligi, yuqori hosildorligi hamda eksportbopligi bilan ajralib turibdi. Shuningdek, “Dolbi” navining boshqa tarvuz turlariga nisbatan ancha erta pishishi dehqonlar uchun muhim ustunlik yaratmoqda.
Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan eksport jarayonlarini tezkor va qulay tashkil etish maqsadida mahsulotlarni bojxona rejimida rasmiylashtirishda yengilliklar yaratilmoqda. Shu bilan birga, tadbirkorlar va eksportyorlarga amaldagi tartib-qoidalar yuzasidan doimiy tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, bugungi kunga qadar Qashqadaryo viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan tashkilotlar tomonidan 22 ming tonnadan ortiq tarvuz “eksport” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan.