Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Mustaqilligimizning 35-yilligi arafasida yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan mazkur tashabbus viloyat hokimi Murotjon Azimovning qarori asosida amalga oshirilmoqda.
Ajratilgan mablagʻlar oilaviy sharoiti tufayli kontrakt toʻlovini amalga oshirishda qiyinchilikka duch kelayotgan yoshlarning oliy taʼlimda tahsil olishini davom ettirishiga koʻmaklashadi.
Mazkur amaliy yordam, shuningdek, xotin-qizlarning oliy taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ularning bilim va kasbiy salohiyatini oshirish hamda yoshlarning kelajakka ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.