Oʻzbekistonda ilk bor pedagog xotin-qizlar oʻrtasida voleybol boʻyicha «Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri kubogi» respublika musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqada mamlakat boʻylab 14 mingdan ortiq taʼlim muassasasida faoliyat yuritayotgan 110 452 nafar ayol pedagog ishtirok etdi. Saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan jamoalar ishtirokidagi respublika bosqichi ayni kunlarda Namangan shahrida boʻlib oʻtmoqda.

Yakuniy bosqichda barcha hududlardan gʻolib chiqqan 14 ta jamoa tarkibidagi 112 nafar ayol oʻqituvchi gʻoliblik uchun bahs olib bormoqda.

Musobaqa yakuniga koʻra:

  • 1-oʻrin sohiblariga — 150 million soʻm;
  • 2-oʻrin sohiblariga — 100 million soʻm;
  • 3-oʻrin sohiblariga — 70 million soʻm pul mukofoti beriladi.

Shuningdek, musobaqa gʻoliblarining har biriga «Damas» avtomobili topshirilishi belgilangan.