Ushbu topshiriq ijrosi yuzasidan “Har bir yoshga — bir gektar” loyihasi doirasida Qiziltepa tumanidagi “Usta paxtakor” fermer xo'jaligi dalasida amaliy seminar o'tkazildi.
Seminarda Navoiy viloyati hokimining o'rinbosari Ya.Dushanov, O'zbekiston yoshlar ishlari agentligi viloyati boshqarmasi boshlig'i J.Xojaev, Qiziltepa tumani hokimi Sh.Nabiev hamda boshqa mutasaddi idoralar rahbarlari, mahalla raislari va yoshlar ishtirok etdi. Yig'ilishda yoshlarga bu loyihaning mazmun-mohiyati, er bilan ishlash mahorati bo'yicha ma'lumot berildi. O'n nafar yoshga 30 sotixdan er maydoni bo'lib berilib, sertifikatlar topshirildi.
Shuningdek, loyiha davomida dehqonchilik tajribasiga ega mirishkorlar hamda mutaxassislar tomonidan ayni kunlarda ekish mumkin bo'lgan mahsulotlar hamda ularning parvarishi haqida ma'lumot berildi. Bugungi kunda 200 dan ortiq fermer xo'jaligi bo'lgan Qiziltepa tumanida 500 ga yaqin yoshga er ajratish ko'zda tutilgan.
— Er insonni boqadi, deydi xalqimiz. Men ham ayni paytda ishsizligim sababli mahallamizdan ajratilgan er maydonidan oldim. Oilamga nafim tegishi uchun mehnat qilib, mahsulot etishtirmoqchiman. Nasib etsa, daromadim yaxshi bo'lib ketsa, erimni yanada kengaytirib, etishtiriladigan mahsulotlar turlarini ham ko'paytirmoqchiman, – deydi O'g'iloy Halimova.
Qiziltepalik yoshlarga nega er ajratildi?
Yoshlarning bandligini ta'minlash va bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari muhokamasiga bag'ishlab o'tkazilgan yig'ilishda davlatimiz rahbari yoshlarga dehqonchilik qilib, daromad olishi uchun ekin maydonlaridan er ajratish vazifasini ham qo'ygan edi.
Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgarlik keskin kuchaytiriladi
- Paxta yigʻim-terimida majburiy mehnatga yoʻl qoʻyilmaydi
- 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxmat olimpiadasi g‘oliblari va ishtirokchilarini mukofotlash to‘g‘risida
- Andijonda atmosferaga zarar yetkazayotgan korxona faoliyati vaqtincha toʻxtatildi
- O‘zbekistonda oktyabr oyida qanday ob-havo kutilmoqda?
- Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi
Oqqo‘rg‘on dalalarida yangi usul — yuqori hosil samarasi
- Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia yuzasidan munosabat bildirdi
- Xitoydan 121 bosh naslli qoramol olib kelindi
- «Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari: «Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz»
- Suyultirilgan gaz taʼminoti: tizimga xususiy sektor kirib kelmoqda
- Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming soʻmdan subsidiya beriladi