Ushbu topshiriq ijrosi yuzasidan “Har bir yoshga — bir gektar” loyihasi doirasida Qiziltepa tumanidagi “Usta paxtakor” fermer xo'jaligi dalasida amaliy seminar o'tkazildi.
Seminarda Navoiy viloyati hokimining o'rinbosari Ya.Dushanov, O'zbekiston yoshlar ishlari agentligi viloyati boshqarmasi boshlig'i J.Xojaev, Qiziltepa tumani hokimi Sh.Nabiev hamda boshqa mutasaddi idoralar rahbarlari, mahalla raislari va yoshlar ishtirok etdi. Yig'ilishda yoshlarga bu loyihaning mazmun-mohiyati, er bilan ishlash mahorati bo'yicha ma'lumot berildi. O'n nafar yoshga 30 sotixdan er maydoni bo'lib berilib, sertifikatlar topshirildi.
Shuningdek, loyiha davomida dehqonchilik tajribasiga ega mirishkorlar hamda mutaxassislar tomonidan ayni kunlarda ekish mumkin bo'lgan mahsulotlar hamda ularning parvarishi haqida ma'lumot berildi. Bugungi kunda 200 dan ortiq fermer xo'jaligi bo'lgan Qiziltepa tumanida 500 ga yaqin yoshga er ajratish ko'zda tutilgan.
— Er insonni boqadi, deydi xalqimiz. Men ham ayni paytda ishsizligim sababli mahallamizdan ajratilgan er maydonidan oldim. Oilamga nafim tegishi uchun mehnat qilib, mahsulot etishtirmoqchiman. Nasib etsa, daromadim yaxshi bo'lib ketsa, erimni yanada kengaytirib, etishtiriladigan mahsulotlar turlarini ham ko'paytirmoqchiman, – deydi O'g'iloy Halimova.
Qiziltepalik yoshlarga nega er ajratildi?
Yoshlarning bandligini ta'minlash va bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari muhokamasiga bag'ishlab o'tkazilgan yig'ilishda davlatimiz rahbari yoshlarga dehqonchilik qilib, daromad olishi uchun ekin maydonlaridan er ajratish vazifasini ham qo'ygan edi.
O‘zbekistonda 4,8 mln kishi ko‘p qavatli uylarda yashaydi
- Tailandda 26 kg kannabis mahsulotlarini olib chiqmoqchi bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik ushlandi
- Urganch davlat pedagogika universiteti 4 yoshda!
- Oʻzbekiston va Gruziya munosabatlari strategik sheriklik darajasiga koʻtarildi
- Ronaldu 2026-yilgi Jahon chempionatidan keyin milliy terma jamoadan ketishi haqidagi savollarga javob berdi
- Oʻzbekiston Prezidenti va Gruziya Bosh vaziri oʻzaro manfaatli hamkorlikning yangi kun tartibini belgilab oldilar
Jaloliddin Masharipov Jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi
- To‘rayev Aziz Oppoqovichni «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida
- Oʻzbekiston terma jamoasi “Asteka” stadionida Meksikaga minnatdorlik yozuvini qoldirdi
- Albaniya Prezidenti rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻladi
- Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar
- Oʻzbekiston va Germaniya yetakchilari qoʻshma bayonot qabul qilib, bir qator loyihalarni ishga tushirdilar