Xitoylik investor Qora‘uzakdagi «Urusoy» koniga 33 million dollar sarmoya va texnologiya olib kirib, 200 gektarda 4 tonna oltin zahirasini aniqlagan. Bu yerda 320 ta ish o‘rni yaratilgan.

Bir oyda investorlar ko‘targan masalalarni hal qilib, 1 ming ish o‘rniga ega oltin qazib olish va qayta ishlash klasterini tashkil etish, kompleks geologiya-qidiruv dasturini ishlab chiqib, konlar zahiralarini qayta baholash topshirildi.

Qo‘ng‘irotdagi «Borsa kelmas» konidan har yili 1 million tonna texnik tuz qayta ishlanmasdan sotilmoqda. Bo‘zatovdagi «Kuskanatau» konida mirabilitni qayta ishlab, yiliga 45 ming tonna natriy sulfat, astraxanitdan esa magniy sulfat olish mumkin.

Germaniya kompaniyasi Beruniydagi kvartsit koniga 30 million dollar kiritib, kristall kremniy ishlab chiqarish va yiliga 25 million dollarlik eksportni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan. Jahon bozorida bir tonna kristall kremniy 5,5 ming dollar turadi.

Kimyo sanoati mutasaddilariga dastlabki 400 million dollarlik rejaga qo‘shimcha 200 million dollarlik loyihalarni amalga oshirish va 5 ming ish o‘rni yaratish vazifasi qo‘yildi.