Xususan, “Toshkent – Namangan” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Kobalt” rusumli avtomashina Pop tumanidagi “Namangan” YPX maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.
Natijada avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan Namangan shahrida yashovchi 1989 y.t., muqaddam sudlangan shaxsga tegishli sumkada 3 kg 956 gr “gashish” moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, mazkur shaxs ushbu ajal og‘usini o‘zining 1989 y.t., muqaddam sudlangan hamshahari bilan til biriktirib, qo‘shni davlatdan aylanma yo‘llar orqali olib kelganligi aniqlandi va u ham protsessual tartibda ushlandi.
Hozirda narkosavdogarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.