Shuningdek, xorijiy kompaniyalarning Oʻzbekiston hududida kino mahsulot yaratish bilan bogʻliq faoliyati soliqardan ozod qilinadi.

Davlat buyurtmasi asosida yaratilgan filmlar namoyishidan tushgan mablagʻning 50 foizi prodyuser va ijodiy guruhga qoʻshimcha ragʻbat sifatida beriladi.

Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi tomonidan oʻtkaziladigan «Oltin humo» milliy kino taqdimotining nufuzini yangi bosqichga koʻtarish maqsadida har yili 5 milliard soʻmdan ajratiladi.

Respublika kinematografiya komissiyasi, Milliy va Badiiy kengashlar haligacha eskicha boshqaruv va samarasiz nazorat tizimidan voz kecha olmayotgani qayd etildi. Shu bois, sohada ijodiy erkinlik va sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida ushbu komissiya va kengashlar faoliyati butunlay tugatiladi.

Endi kinoning har bir janri va mavzusidan kelib chiqib, sha soha mutaxassislaridan iborat haq tlanadigan ekspert guruhlari tashkil qilinadi.

Bunda zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi, Bastakorlar uyushmasi tomonidan tavsiya etilgan mutaxassislar ekspert guruhlari tarkibiga kiritiladi. Mutasaddilarga kino sohasida zamonaviy va shaffof tizimni yoʼlga qoʼyish boʼyicha taklif kiritish topshirildi.