Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
Xalqaro hamkorlik
10 iyl 2026, 09:51
356
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Fransiya tadbirkorlari xalqaro harakati (MEDEF International) huzuridagi O‘zbekiston-Fransiya ishbilarmonlar kengashi raisi, “Orano” kompaniyasi direktorlar kengashi rahbari Klod Imoven boshchiligidagi yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi.
Bundan energetika, ta’lim, suv ta’minoti tizimi, transport va shahar infratuzilmasi kabi ustuvor sohalarda hamkorlikni kengaytirish maqsad qilingan.
Ushbu muzokaralar yaqinda Prezident Emmanuel Makron bilan bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muloqotning uzviy va mantiqiy davomidir.