Dam olish kunlari havo harorati biroz pasayadi. Kechalari 18–21 daraja, kunduz kunlari 32–35 daraja, janubda 37–40 daraja boʻladi.
Koʻpchilik hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. 22-avgust kuni Fargʻona vodiysining ayrim joylarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Qoraqalpogʻistonda esa bugun kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir ehtimoli bor.
Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi. 22-avgust kuni respublika janubida shamol tezligi 22–25 m/s gacha yetishi mumkin. Ayrim hududlarda shamol kuchayishi chang-toʻzon bilan kuzatiladi.
Toshkentda bugun kunduzi 36–38 daraja, dam olish kunlari 32–35 daraja boʻladi. Yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 3–8 m/s, ayrim joylarda 10–12 m/s gacha kuchayishi va chang-toʻzon kuzatilishi mumkin.