Kuni kecha, soat 17:53 da “112” tizimi orqali Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Samarqand tumanidagi "Sh. Rashidov" MFY hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosida bir nafar fuqaro cho‘milish vaqtida birdan sog‘ligi yomonlashib, mustaqil ravishda harakat qila olmay qolgani haqida uning sheriklari tomonidan zudlik bilan xabar berilgan.
Qutqaruvchilar voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borib, zudlik bilan qutqaruv ishlarini boshlagan. Olib borilgan qutqaruv ishlari natijasida fuqaro maxsus narvon yordamida "Qoradaryo" daryosining qirg‘og‘idan xavfsiz hududga olib chiqilgan hamda unga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilishi uchun tibbiyot xodimlariga topshirilgan.
Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi.