Sönggi yillarda respublikamiz aholisining muborak “Haj” va “Umra” amallarini ado etiş maqsadida Saudiya Arabistoniga borişlari uçun keng imkoniyatlar yaratilgani bois, ziyoratçilar soni tobora ortmoqda.
Biroq, ayrim şaxslar bu imkoniyatlardan fuqarolarning işonçini suiisteʼmol qiliş orqali ularning pul mablağlarini özlaştiriş maqsadida foydalanişmoqda.
Jumladan, Samarqand tumanida faoliyat yurituvçi sayyohlik firmasi işçisi Samarqand şahrida yaşovçi fuqaroning işonçiga kirib, uning 4 nafar qarindoşini Saudiya Arabistoniga “Umra” ziyoratiga yuboriş evaziga 5 ming AQŞ dollari olgan vaqtida DXX va viloyat IIB xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlandi.Aniqlanişiça, mazkur MÇJ “Umra” tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş böyiça tegişli litsenziyaga ega bölmagan.
Hozirda suriştiruv işlari olib borilmoqda.