“Hurmatli tahririyat xodimlari, men har doim sizlarning gazetalaringizni oʻqib boraman. Unda yoritiladigan materiallar menga juda yoqadi. Yaqinda hurmatli Yurtboshimiz respublika boʻyicha 100 nafar kishini haj safariga joʻnatib, katta savob oldilar. Men bundan juda ilhomlanib ushbu sheʼrni sizlarga joʻnatmoqdaman…”
Oltin olma, duo ol,
Duo oltin emasmi?
Xalqni rozi qilishlik
Ulkan savob emasmi?
Toʻkin dasturxon aro,
Yashayapti el rozi.
Barcha elatlar uchun
Tengdir tosh-u tarozi.
Qayda savob koʻp boʻlsa,
Shunda Olloh nazari.
Jannatlarga aylanar
Oʻzbekiston diyori.
Prezident hojilari,
Murodlar hosil boʻlsin.
Shunday aziz Yurtboshim
Hamisha omon boʻlsin.
Hayitboy Isoqov