Bugun, 28-iyun kuni soat 15:25 da Toshkent shahar, Sergeli tumani, “Yangi Sergeli” MFY, Sergeli 8-dahasida joylashgan ko‘p qavatli uy xonadonlarining birida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, qutqaruv bo‘linmasi soat 15:32 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 16:08 da o‘chirildi.

Yong‘in natijasida xonadonning taxminan 30 kv.m maydonda uy jihozlari yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.