Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pastdarg'om tuman bo'limi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.” MCHJ mas'ul shaxslari avtomobillarga siqilgan gaz to'ldirish shoxobchasining gaz hisoblash uskunasiga tashqi ta'sir o'tkazib, jami 2 mlrd so'mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Departamentning Oqdaryo tuman bo'limi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.B.” xususiy korxonasi rahbari A.A. “Ishtixontumangaz” hududiy bo'limi chilangari A.J. yordamida korxonaga qarashli to'yxonani hech qanday hujjatsiz gaz tarmog'iga o'zboshimchalik bilan ulab, jami 231,2 mln so'mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Sрuningdek, Departamentning Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.M.” MCHJ mas'ul shaxslari va boshqalar MCHJga qarashli ehtiyot qismlar ishlab chiqarish tsexidagi gaz hisoblash uskunasiga o'rnatilgan tamg'ani buzib, jami 236,5 mln so'mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o'g'rilik) va 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.
Tabiiy resurslar o'g'irligi fosh etilmoqda
Tergovga qadar tekshiruvda “S.B.” xususiy korxonasi rahbari A.A. “Ishtixontumangaz” hududiy bo'limi chilangari A.J. yordamida korxonaga qarashli to'yxonani hech qanday hujjatsiz gaz tarmog'iga o'zboshimchalik bilan ulab, jami 231,2 mln so'mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Hafta davomida mamlakatimizning qator hududlarida yomğir yoğadi
- Özbek alifbosidagi 4 ta harf özgardi: hujjatlarni almaştiriş şart emas
- Bu – tarixiy ko'rsatkich!
- Har bir shifokor va hamshiraning oyligi KPIga bogʻlanadi
- Samarqand markazini “Shirin” massivi bilan bogʻlovchi zamonaviy koʻprik qurilmoqda
- Özbekistonda ob-havo keskin özgaradi: yomğir, qor va sovuq kutilmoqda