Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida Yakkasaroy tumanida faoliyat yuritayotgan “CH.Z.” MChJ va boshqa tadbirkorlarga tegishli reklama taxtalari Yakkasaroy tumani Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan asossiz ravishda yig‘ishtirib olib ketilganligi aniqlandi.
Biznes-ombudsman xodimlarining aralashuvi bilan tadbirkorlarning reklama plakatlari o‘z egalariga qaytarildi. Mazkur noqonuniy harakatga yo‘l qo‘ygan Obodonlashtirish boshqarmasining 2 nafar mas’ul xodimi ma’muriy javobgarlikka tortildi.