Kimlar ariza topshirishi mumkin?
Mazkur yordamdan faqat kunduzgi ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o'qiydigan quyidagi shaxslar foydalanishi mumkin:
professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari;
davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalari;
O‘zbekiston hududidagi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallarida bakalavriat yoki magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar.
Yordam miqdori to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda qoplab berilishi mumkin.
Arizani ko‘rib chiqish muddati 8 ish kunini tashkil etadi.
Mazkur yordam quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
ikkinchi va undan keyingi mutaxassislikda tahsil olayotganlar;
sirtqi, kechki yoki masofaviy ta’lim shaklida o‘qiyotganlar;
qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha tahsil olayotganlar;
tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt, ya’ni “super-kontrakt” asosida o‘qiyotganlar.
Jarayon qanday amalga oshiriladi?
Talabgor my.gov.uz orqali onlayn ariza topshiradi (https://my.gov.uz/uz/service/1374).
Ariza “Mahalla yettiligi” tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Ijobiy qaror qabul qilingach, mablag‘ ijtimoiy shartnoma shartlarining (https://telegra.ph/Ijtimoiy-shartnoma-shartlarini-bajarish-muhim-04-28) dastlabki oyda bajarilish darajasiga qarab, ta’lim tashkilotining bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Mazkur imkoniyat yoshlarning ta’lim olishiga ko‘maklashish, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda ta’lim xarajatlari bo‘yicha moliyaviy yukni kamaytirishga xizmat qiladi.