«Tatar-inform» maʼlumotiga ko‘ra, sanoat zonasidagi xostelga uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo‘lgan 9 kishi orasida xorijiy fuqarolar ham bo‘lgan.

Hodisa joyiga O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsuli Nodirjon Qosimov yetib borgan. U halok bo‘lgan fuqarolarning jasadlarini O‘zbekistonga qaytarish bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda ishtirok etmoqda.

Hujum oqibatida jami 13 kishi halok bo‘lgan, 48 kishi turli darajada tan jarohati olgan. Tataristonda bugun motam kuni deb eʼlon qilindi.

O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi maʼlumotiga ko‘ra, sud-tibbiy ekspertizasi va zarur rasmiy jarayonlar yakunlanganidan so‘ng halok bo‘lgan vatandoshlarning jasadlari O‘zbekistonga olib kelinadi.