Journal of Epidemiology and Community Health (JECH) jurnalida chop etilgan ilmiy maqola olimlar shunday xulosa bildirishgan.
Bu boradagi tadqiqotda 60 yoshdan oshgan uch mingdan ziyod
kishi ishtirok etgan. Olimlar ularning harakatlanishi, mustaqil ovqatlana
olishi, o‘zini parvarishlay olishi aynan
qancha tishni asrab qola olganiga bog‘liqligini tekshirishdi. Natijalarga ko‘ra, 20-30 ta tishi saqlanib
qolganlar bu borada mustaqil harakatlana olish davomiyligini uzoqroq vaqt saqlab
qola olarkan.
Jumladan, ular 60 yoshga borib tishlari deyarli to‘kilib ketganlarga nisbatan kundalik yurish-turishga qiynalmay 5 yildan ko‘proq, jismoniy harakatlar bilan bog‘liq muammolarsiz esa 3 yildan ko‘proq hayot kechira olar ekan. To‘g‘ri, 70-80 yoshda ham nisbatan erkin harakatlana olish darjasi saqlanib qolishi mumkin, ammo oldingi darajada bo‘lmaydi albatta.
Ha, protez tishlar tabiiylari o‘rnini qisman bosishi mumkin, ammo o‘z tishlari qanchalik saqlanib qolinsa, shuncha yaxshi natija ko‘rsatadi. Kuzatish olib borgan mutaxasislar so‘zlariga ko‘ra, og‘iz bo‘shlig‘i salomatligi – bu, faqat estetika masalasigina emas, shu bilan birga keksalikda ham mustaqil harakatlana olish darajasini belgilovchi muhim omillardan biri, deya yakunlaydi Lenta. ru.