Bosh prokuratura shtabi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida tuman irrigatsitasiyasiga qarashli suv nasoslari o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, 703 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, ushbu tumanda joylashgan "P. A. N" korxonasiga qarashli suv nasoslarida ham xuddi shunday qoidabuzarlik aniqlandi. Keltirilgan zarar dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 352,6 mln so‘mni tashkil qildi.