Ushbu muddat davomida Yer usti halqa yoʻli yoʻnalishidagi 14 ta bekatning konstruktiv va texnik holati mutaxassislar tomonidan belgilangan tartibda sinchkovlik bilan koʻzdan kechiriladi.
Mazkur profilaktik tadbirlar metropoliten infratuzilmasining ishonchli faoliyatini taʼminlash, mavjud holatni yana bir bor chuqur tahlil qilish hamda yoʻlovchilar uchun yanada xavfsiz va qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan.