F. Nigmanov 1984-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2012-yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini geodezik hisoblash va boshqa tarmoqlar muhandisligi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
F. Nigmanov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
U mehnat faoliyati davomida Yunusobod tumani hokimligida turli mas'ul lavozimlarda, Bektemir tumani hokimining birinchi o‘rinbosari hamda tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida ishlagan.