Hozirgi kunda, “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtobus saroylari tomonidan xizmat koʻrsatilayotgan 24 ta avtobus yoʻnalishlari Toshkent viloyatining turli hududlarigacha qatnovlarni amalga oshiradi. Ushbu yoʻnalishlar xizmatlaridan foydalanuvchi aksariyat yoʻlovchilar Toshkent shahridagi idora va tashkilotlarda mehnat qilishi hamda taʼlim muassasalarida tahsil olishini inobatga olib, Toshkent viloyati hududiga qatnovlarni amalga oshiruvchi yoʻnalishlarning faoliyati oʻz ish tartibi va qatnov chizmasi asosida amalga oshirishda davom etadi.
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, Toshkent viloyati hududiga chiquvchi shahar avtobus yoʻnalishlari faoliyatiga doir cheklovlar joriy etilgan hollarda bu haqida “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan yoʻlovchilarga oldindan maʼlumot beriladi.
Ayrim YPX post maskanlari avtomobillar harakati uchun yopilgan hollarda, Toshkent viloyati hududiga chiquvchi avtobuslar harakati YPX post maskanigacha tashkil qilinadi.
Toshkent viloyati hududiga qatnovchi yoʻnalishlar faoliyati oʻz ish tartibida davom etadi
Maʼlumki, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, 2021-yil 28-iyun kunidan boshlab 12-iyulga qadar, Toshkent shahriga qoʻshni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali oʻta zarurat boʻlmagan hollarda kirish boʻyicha cheklovlar oʻrnatildi.
Terma jamoamiz oʻyinlarini tomosha qilish uchun maktablarda fan-zonalar tashkil etiladi
- Saida Mirziyoyeva Avstriya Federal kansleri Kristian Shtoker bilan uchrashdi
- Oʻzbekistonda oliygohlar soni bir yil ichida 7 taga kamaygan
- «Strategik maqsadimiz – 2030 yilga qadar yurtimiz reytingini investitsiyaviy darajaga olib chiqish» – Saida Mirziyoyeva
- Ispaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi: may oyida issiq ob-havo tufayli 100 dan ortiq o‘lim qayd etildi
- Toshkent shahrida 40 ta yoqilg‘i quyish stansiyalari quriladi
Sun’iy intellekt nima uchun hech qachon inson o‘rnini bosa olmasligi ma’lum bo‘ldi
- Olimlar oltinning nima uchun rangsizlanmasligini aniqlashdi
- 2026-yil tarixdagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin — NOAA
- Kasal tishlarning yurak va miyaga jiddiy ta’siri aniqlandi
- Qurbon hayiti namozi o‘qiladigan vaqtlar e’lon qilindi
- O‘zbekistonda 26-maydan maktab o‘quvchilarini bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish vaqtincha to‘xtatiladi