Bu haqda poytaxt IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, ular Shayxontohur tumanidagi yashash manzilida qoʻshimcha qurilmalar va dasturiy vositalardan foydalanib, ijtimoiy tarmoqlarda maxsus sayt orqali noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi bilan shugʻullangan.

2025-yil iyul oyidan 2026-yil yanvarga qadar 793 ming USDT miqdorida operatsiyalar amalga oshirilgan.

Tadbir davomida gumonlanuvchilardan 1 dona kompyuter jamlanmasi, 22 ta uyali telefon, 3 ta SIM-karta hamda 229 ta turli bank plastik kartalari olindi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-prim 8-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.