Yangi hayot tumani hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosiga baliq ovlash maqsadida borgan fuqaro B.M. daryoning o‘rtasidagi orolchada qolib ketadi

Shu yilning 11 mayga o‘tar kechasi Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasining navbatchilik qismiga bu haqda xabar kelib tushadi.

Hodisa joyiga zudlik bilan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi qutqaruvchilari yetib borib, fuqaroni xavfsiz hududga olib chiqishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida daryoda suv sathi keskin ko‘tarilib ketgan. Xavfsiz hududga qaytib chiqish fuqaro hayoti uchun xavfli bo‘lganligi sababli u qutqaruvchilarga murojaat qilgan.