Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi ma’lum qilishicha, Toshkent tumani hokimi o‘rinbosari tadbirkorga qurilish texnologiyalari va kompozit eshiklar ishlab chiqarish sanoat majmuasini tashkil etish uchun tuman hokimligi balansida bo‘lgan 1 gektar yer maydonini olib berishni va’da qilgan.

U davlat aktivlarini boshqarish tizimidagi tanishlari orqali ushbu yerni auktsion savdolariga chiqarish va tadbirkorga olib berish evaziga 25 ming dollar talab qilgan.

DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs so‘ralgan pulni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «g» bandi hamda 28, 211-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat isi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.