Loyiha Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi strategik sheriklik doirasida amalga oshirilgan boʻlib, uni moliyalashtirish uchun Xitoy hukumati tomonidan 28 million dollar miqdorida begʻaraz grant ajratilgan.
“Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan amalga oshirilgan loyiha doirasida har biri 5 MVt quvvatga ega 4 ta zamonaviy shamol turbinasi oʻrnatildi.
Stansiya yiliga 50 million kVt·soatgacha ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Bu qariyb 20 mingta xonadonning elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash, tarmoqlardagi yuklamani kamaytirish va energetika tizimi barqarorligini oshirishga xizmat qiladi.
“Chorbogʻ” shamol elektr stansiyasi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan ishga tushirildi.