Toşkent viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi Ekologik politsiya xodimlari tomonidan ötkazilgan reyd tadbiri Yangiyöl tumanidagi «Paxta» mahalla fuqarolar yiğini hududida, Toşkent davlat örmon xöjaligiga qaraşli Yangiyöl örmon bölimida taşkil etildi.

Tadbir davomida örmon hududining bir neçta joyida daraxtlar kesilgani aniqlandi. Mutaxassislar har bir holat böyiça daraxtlarning aylanasi va diametrini ölçab, turini aniqlaş işlarini olib bormoqda. Şuningdek, tabiatga yetkazilgan zarar miqdori hisoblanadi.

Reyd davomida örmon hududidagi ayrim daraxtlarda quriş va kasallaniş holatlari ham kuzatilgan. Mutaxassislar buni sanitariya işlari öz vaqtida amalga oşirilmagani bilan boğlamoqda. Taʼkidlanişiça, kasallangan daraxtlarga öz vaqtida sanitariya işlovi berilmasa, örmonning ayrim daraxtlari yöqolib ketişi mumkin.

Aniqlangan holatlar yuzasidan örganiş işlari davom etmoqda. Daraxtlarning turi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanganidan söng, holatga huquqiy baho beriladi.