Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Mirobod tumani, Farğona 1-tor köçasidagi xonadon tekşirilgan.

Maʼlum bölişiça, uşbu bino oyiga 9 ming AQŞ dollariga ijaraga olingan bölib, unda yaşirin faoliyat yuritgan 52 nafar şaxs uşlangan.

Dastlabki maʼlumotlarga köra, guruh Osiyo davlatlarida ommalaşgan noqonuniy onlayn qimor va bukmekerlik öyinlari uçun pul mablağlarini qabul qiliş, ularni bank kartalariga ötkaziş, yaʼni pul mablağlarini legallaştiriş bilan şuğullangan.

Xonadondan 110 ming AQŞ dollari miqdorida naqd pul, 75 ta noutbuk, 278 ta telefon va 3 ta Starlink kosmik internet qurilmasi aşyoviy dalil sifatida olingan.

Tezkor tadbirlar Mirobod tumanidagi Katta Mirobod köçasida joylaşgan yana bir manzilda davom ettirilgan. Bu yerda oyiga 2 ming AQŞ dollariga ijaraga olingan xonadonda faoliyat yuritgan ikkinçi yaşirin koll-markaz aniqlangan. Unda bölgan 20 nafar şaxs ham uşlangan.

Mazkur guruh internet orqali soxta iş takliflarini tarqatiş bilan boğliq firibgarlik sxemasidan foydalangan. Jumladan, jinoyatçilar özlarini ayol kişi sifatida taniştirib, internet foydalanuvçilarini aldagan va ularning pul mablağlarini özlaştirgan.

Uşbu manzildan 24 ta noutbuk, bitta planşet, 52 ta telefon va 4 ta Wi-Fi qurilmasi aşyoviy dalil sifatida olingan.

Qayd etilişiça, har ikki guruhda vazifalar özaro taqsimlangan bölib, ularning faoliyatini rahbarlar, iş boşqaruvçilar, operatorlar va qöriqçilar taʼminlab kelgan.

Tezkor tadbirlar davomida mazkur guruhlar faoliyati bilan boğliq 576 ming AQŞ dollari miqdoridagi kriptoaktivlar aylanmasi aniqlangan.

Hozirda uşbu holatlar yuzasidan Mirobod tumani Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 278⁸-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi fuqarolarni öz xonadonlarini ijaraga berişda ehtiyotkor bölişga, ijaraçilarning faoliyati bilan qiziqişga va şartnomalarni qonuniy rasmiylaştirişga çaqirdi.

Ijaraga berilayotgan joydan jinoiy maqsadlarda foydalanilişiga bilib-bilmay şaroit yaratib beriş qonunçilikda belgilangan javobgarlikka sabab bölişi mumkin.