Ma’lum qilinishicha, hodisa soat 12:30 larda Oltitopgan ko‘chasida sodir bo‘lgan. Videoda voyaga yetmagan bola ota-ona nazoratisiz holda harakatlanayotgani ko‘ringan.

Toshkent shahar IIBB YHXB ma’lumotiga ko‘ra, holat yuzasidan bolaning otasi bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.

Shuningdek, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.


Mazkur modda bolalarni tarbiyalash va ular ustidan nazorat qilish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik holatlariga nisbatan qo‘llaniladi.